Xonanda Rayhon G`anieva ijodi va shaxsiy hayotida birinchi tanqidchisi kim ekanligini aytib o`tdi.
“Tanqidning zo`rini rahmatli onam gapirardi. U maqtashni ham kamchilikni yuzga aytishni ham uddalardi. To`g`ri, ba`zan bundan ranjiganman, ammo kun kelib uning haqligini anglaganman. Hozir esa estafetani singlim olgan. Nafaqat ijod, balki shaxsiy hayotdagi kamchiliklarni aytib o`tishdan tonmaydi. Yosh bo`lsa-da, juda aqlli. Hatto sahna uchun ko`ylak xarid qilayotganda ham uning fikriga quloq solaman. Ko`ylak etagi borasida doim tortishamiz”,—deydi xonanda.
Manba: “7x7” gazetasi





