Misr janubidagi Asuan viloyatida poezdning yuk mashinasi bilan to`qnashishi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo`ldi, yana sakkiz nafari turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, YTH yuk mashinasi haydovchisining aybi bilan sodir bo`lgan. U temir yo`lda harakatlanib kelayotgan poezdni ko`rmay qolgan. YTH oqibatida bir necha vagonlar relsdan chiqib ketgan. Hodisa joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.





