Fransiya poytaxtida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi yaralangan. U ayni paytda shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Segodnya” nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, portlash Parij shahrining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri Elisey maydoni yaqinida sodir bo`lgan. Nashr uylardan biridagi gaz plitasining portlab ketganini taxmin qilgan.
Oy boshida ham Parijda portlash yuz bergan va uning oqibatida 17 kishi jabrlangan edi.





