KXDR Kim Ir Senning tug`ilgan kunida ilk marta “Musudan” ballistik raketani uchirdi. Bu haqda “Meduza” xabar bermoqda.
Janubiy Koreyalik harbiylarning ma`lum qilishicha, raketa uchirilgandan so`ng u normal traektoriyasidan chetga chiqib ketgan. AQSh mudofaa vazirligi raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz amalga oshirilganini ta`kidladi.
“Musudan”—KXDRning o`rtacha uzoqlikka mo`ljallangan birinchi raketasi. U nazariy jihatdan Amerikaning Guam oroligacha harbiy zarba berishi mumkin.





