Rossiyaning Lipesk shahrida yashovchi fuqarolar o`g`liga Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi futbolchisi Lionel Messining ismini qo`ydi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Chaqaloq 24 mart kuni tug`ildi. Avvaliga oila boshlig`ining qarorini na rafiqasi va na mahalliy FHDYo bo`limi xodimlari qo`llab-quvvatlashdi. Vanihoyat Nikolay Volkov o`z orzusini ro`yobga chiqardi. Shunday qilib, chaqaloqqa Lionel-Messi Nikolaevich Volkov deya ism qo`yildi.
Nikolay Volkovning aytishicha, u o`g`lini Messining sharafiga nomlaganini hatto “Barsa”chilar ham biladi. Ular ashaddiy muxlisni Ispaniyaga taklif qilgan.
U o`g`lini kelajakda futbolchi qilmoqchi ekanligini aytib o`tgan. Mahalliy futbol klublaridan biri bolakay uch yoshga to`lishi bilanoq uni o`z tarkibiga olishini ma`lum qilgan.





