Xonanda Kanizaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari uning to`y libosida tushgan suratlari tarqalmoqda.
Shuningdek, aksariyat xonandalar Kaniza tomonidan taklifnoma hamda unga qo`shimcha tarzda fotiha noni ham ulashilayotgani to`g`risidagi xabarlarni joylashmoqda.
Xonandaning o`zi bilan bog`lanib, uning oppoq libosdagi suratlariga aniqlik kiritdik.

Kaniza: «FHDYoda nikohimiz qonunan qayd etildi, shar`iy nikohimiz ham o`qitildi, to`y sanasi haqida tez kunlarda bilib olasiz».
Eng ajablanarli tomoni shundaki, Kaniza avvalroq 28 aprel kuni «Istiqlol» sahnasida turmushga chiqaman deb e`lon qilgan. Biroq endi u to`y sanasini yashiryapti.






