AsosiyMadaniyat

“Ipak yo`li durdonasi: ellarni va dillarni birlashtirgan festival

'“Ipak yo`li durdonasi: ellarni va dillarni birlashtirgan festival'ning rasmi

Tarixda “Toshkent kinofestivali” nomini olgan yirik san`at anjumani ko`plab jahon kinosi vakillari va muxlislari yodida qolgan bo`lsa ajab emas. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent kinofestivali ilk bor 1968 yilda “Tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va xalqlar do`stligi uchun” shiori ostida  o`tkazilgan edi. O`sha yili dunyoning 22 mamlakatimidan taniqli kinoprodyuserlar, rejissserlar va kino yulduzlari ishtirok etgan, 50 ga yaqin kartinalar namoyish qilingan. Ushbu kinofestival 1988 yilga qadar muntazam ravishda o`tkazib kelingan, sovet ittifoqi parchalanganidan so`ng, mazkur  mamlakatimizda faqat 1992 va 1997 yillarda o`tkazilgan. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O`zbekiston kinematografiyasini rivojlantirish, o`zbek kinosining tarixiy shuhratini qayta tiklash maqsadida bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi. “O`zbekkino” milliy agentligi negizida O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tashkil topdi. “O`zbekfilm” davlat konsernining zamonaviy binosi va pavilonlari foydalanishga topshirildi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi qaroriga muvofiq,  1968 — 1997 yillar davomida O`zbekistonda o`tkazilib kelingan «Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali» «Ipak yo`li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklandi, ushbu san`at anjumanini har yili sentyabr-oktyabr oylarida Toshkent shahrida o`tkazish belgilandi. 

“Tinchlik, taraqqiyot va ma`rifat” shiori ostida, o`n uchinchi marobata o`tkazilayotgan  ushbu kinofestival   avvalo, kino san`ati orqali dunyo mamlakatlari o`rtasida madaniy  muloqotni yanada mustahkamlash, jahon kinoustalari  bilan hamkorlikdagi  qo`shma loyihalarni kengaytirish, insonparvarlik va bag`rikenglik, xalqlar do`stligini targ`ib qiluvchi,  madaniy xilma-xilligini aks ettiruvchi eng sara jahon kinosi durdonalarini  jalb qilish,  ushbu san`at turi orqali xalqimizning boy tarixi va betakror madaniyatini dunyoga keng targ`ib etishni ko`zda tutadi. 

Kinofestval munosabati bilan 6-29 sentyabr kunlari  Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”da O`zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Xalq yuragi” turkumidan 24  nafar buyuk shoir va adiblarimiz hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlar namoyish qilindi. 

27 sentyabr kuni “O`zbekfilm” kinokonsernida Toshkent Xalqaro kinofestivali munosabati bilan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda yuzdan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirok etdi. Anjumanda kinofestvalning  maqsad va vazifalari, undan o`rin olgan tadbirlar, taqdimotlar, namoyishlar xususida jurnalistlarga ma`lumotlar berildi. 

Kinfestivalning qatnashchilari va faxriy mehmonlari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Ularning kinofestivaldagi ishtiroki yuzasidan barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. 

Uzoq kutilgan tadbir – “Ipak yo`li durdonasi” xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi, “Panorama” nomi bilan mashhur bo`lgan “Kinochilar uyi” binosida bo`lib o`tdi. 

Ishtirokchilar va mehmonlar bu erda yaqinda ochilgan Kino tarixi muzeyi bilan ham tanishishdi. Bu erda o`zbek kinematografiyaning 100 yillikdan ziyod tarixi haqida hikoya qiluvchi nodir eksponatlar, fotosuratlar, kinotasmalar, liboslar, qo`lyozmalar, mashhur filmlarning afishalari o`rin olgan. Ushbu afishalarning aksariyati kinofestival arafasida Rossiyadan, shuningdek mamlakatimizning turli muassasalari arxivlaridan keltirildi. Ta`kidlash joizki, kapital rekonstruksiya binoning modernizm davriga oid me`moriy ko`rinishiga ta`sir qilmagan. Kinoteatrning fasadining ko`rinishi saqlab qolinadi.

Ochilish marosimida jahon va milliy kinoning mashhur yulduzlari: 355 xorijlik kinoijodkor va dunyoning 55 taniqli kino yulduzlari ishtirok etishdi. Ochilish marosimiga Ozarbayjon, Belarus, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va o`zbekistonlik mashhur kinoijodkorlar ham tashrif buyurishdi. Ochilish marosimida turli mamlakatlar delegasiyalari vakillari, kino va estrada yulduzlari an`anaviy qizil yo`lakdan o`tishdi. 

Ochilish marosimida O`zbekiston respulikasi Prezidenti shavkat Mirziyoevning tabrigini Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimkov o`qib eshittirdi. 

Shundan so`ng, O`zbekiston Renspublikasi Kinematografiya agntligi bosh direktori F.Abduxoliqov, rossiyalik kinoprodyusser va rejissyor T.Bekmambetov, amerikalik mashhur multiplakator va rejissyor Rob Minkoff va boshqalar kinofestivalning ahamiyati, yurtimizda kinematografiyani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, bugungi jahon kinosi oldida turgan masalalard xususida qisqacha so`z yuritishdi. Bir qator davlatlar delegasiyalari vakillari tomoidan festivalning rasmiy bayrog`i tushirildi. Shundan so`ng o`zbek va jahon kinosida kuylangan qo`shiqlar asosida tuzilgan musiqiy kompozisiya tomoshabinlar hukmiga havola qilindi. Tadbirda xorij musiqasining atoqli vakillari Rossiya xalq artisti  Filipp Kirkorov, turk musiqasining mashhur yulduzlaridan biri Serdar Ortach, tojikistonik xonanda Xujastai Mirzovali va boshqalar ijrosidagi kuy-qzo`shiqlar yangradi. 

29 sentyabrdan kinofestivalning ikki muhim tanlovi “Yangi avlod kinosi” hamda “Kino besh kunda” loyihalari ish boshladi. 

“Yangi avlod kinosi” tanlovida turli davlatlardan kelgan kinoijodkorlar so`nggi yillarda yaratilgan qisqa metrajli filmlari bilan ishtirok etishdi. “Kino besh kunda” tanlovi shartiga ko`ra, dunyoning 25 ta mamlakatidan kelgan kinorejissyorlar 5 kun muddat ichida insoniy qadriyatlar, ekologiya va salomatlik, hamjihatlik, milliy va global qarashlar aks etgan qisqa metrajli filmlarni suratga olib, tanlov hayhatiga topshirishlari kerak. 

“Kino besh kunda” loyihasi ishtirokchilari 22 sentyabrdan boshlab, mamlakatimizning turli hududlari bo`ylab, o`z ssenariylari asosida film suratga olishni boshlashdi. 27 sentyabr kuni suratga olish ishlari yakunlandi. Filmlar bo`yicha “Yoshlik” studiyasida montaj va ovozlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yoshlarning ijodiy ishlari mamlakatimiz va turli xorijiy mamlakatlarning kino arboblaridan iborat hakamlar hay`ati a`zolari baholab borishdi.

“Yangi avlod kinosi” va “Kino 5 kunda” loyihalari asosida taqdim etilgan filmlar Kinofestival pavilonlarida tomoshabinlar hukmiga havola qilindi. 

“Jahon kinosi kunlari” ham katta tantanalar bilan boshlandi. Har bir mamlakat kinosi kunlarining ochilishi katta bayramga aylanib ketdi. Poytaxtimizning turli madaniyat muassasalari – “O`zbekiston” anjumanlar saroyi, Respublika Kinochilar uyi, O`zbekiston Milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomidagimusiqali drama teatri, Respublika Qo`g`irchoq teatri, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri, Respublika Yoshlar teatri singari madaniyat va san`at maskanlarida kinofestival ishtirokchilari, milliy va xorijiy kino yulduzlari, muxlis va mutaxassislar ishtirok etdi. 

Toshkent xalqaro kinofestivalida 14 ta mamlakat  - Ozarbayjon, Belarus, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston  Turkiya,  O`zbekiston kinosi kunlari ham o`tkazildi. 

30 sentyabr kuni “Jahon kinosi kunlari” loyihasining xorijiy ishtirokchilari o`zbek san`atkorlari hamrohligida mamlakatimizning turli hududlariga jo`nab ketishdi. Mazkur kinofestival doirasida yurtimizning bir qator shaharlarida jami oltita kinoteatr foydalanishga topshirildi. Kinofestivalga 150 dan ortiq xorijy filmlar qabul qilingan bo`lib, ularning asosiy qismi o`zbek tilidagi subtitrlar bilan namoysh qilindi. 

Ishtirokchi davlatlarning rejissyorlari va aktyorlari ishtirokida mahorat darslari o`tkaziladi. Taniqli xorijiy kino ustalari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar o`tkaziladi. Har bir mamlakat delegasiyasi uchun alohida lokasiyalar – kinoteatr yoki teatrlar ajratildi.

29 sentyabr kuni “O`zbekfilm” kinokonserni taqdimotida Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari, kinofestival ishtirokchilari taklf etildi. Unda kompaniyaning etakchi vakillari, mutaxassislar, festivalt qatnashchilari  ishtirok etdi. Tadbirda O`zbekiston Respublikasi kinematografiya agentligi direktori F.Abduxoliqov, Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi mas`ul xodimi Xenning Bronnum va boshqalar bu yangi texnika va texnologiyalarning kinematografiya rivojidagi ahamiyati, bu borada xorijiy korxonalar bilan hamkorlik istiqbollari, yangi asbob-uskunalardan foydalanish masalalari xususida so`z yuritdilar. 

Sir emaski, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan kinematografiya sohasi uchun yuqori malakali ijodiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, etakchi xorijiy oliy ta`lim tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalariga ham alohida e`tibor qaratishmoqda. 

2018 yil 19 oktyabrda O`zbekiston vaRossiya hukumatlari o`rtasida «O`zbekiston Respublikasida Rossiya Federasiyasining oliy ta`lim bo`yicha ta`lim muassasalari filiallarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi to`g`risida» bitim imzolangan edi. 

2021 yil 28 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Toshkent shahrida «S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti» federal davlat byudjeti oliy ta`lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi qarori e`lon qilindi. Aytish joizki, bu qarorning imzolanishi mamlakatimiz oliy ta`lim tizimi va kinematografiya rivojidaa muhim tarixiy voqea bo`ldi. 

Mazkur filialda 2021-2022 o`quv yilidan boshlab, dramaturgiya va prodyuserlik yo`nalishlari bo`yicha talabalarga saboq berish boshlanadi.

Kinofestival dasturidan o`rin olgan “Markaziy Osiyo mamlakatlari kinosi kunlari” hamda shu munosabat bilan  o`tkaziladigan kinokonferensiya mintaqaviy madaniy hamkorlikni rivojlantirishda yangicha bosqich bo`lishi kutilmoqda.  Mamlakatimizning turli hududlarida yangi kinoteatrlar ochilishi, yangi filmlar, nashrlar, loyihalar taqdimoti ham kinofestivalga alohida ruh, yorqinlik baxsh etadi. 

Shuningdek, Toshkent kinofestivali davomida  xorijlik va mahalliy kinokompaniyalar, kinostudiyalar va telekompaniyalar ishtirokida kinobozor tashkil qilish, ularning filmlar, seriallar va boshqa audiovizual mahsulotlarni o`zaro almashishi, xarid qilishi va sotishiga ko`maklashish, eng so`nggi innovasion loyihalar taqdimotlarini o`tkazish, mamlakatimiz kinolokasiyalarini namoyish etish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, kinofestival doirasida Qozog`iston, Qmrg`iziston, Tojikiston kino tashkilotlarining mutasaddilari ishtirokida muzokaralar o`tkazildi. Hamkorlik bo`ytcha bir qator memonardumlar imzolandi. Tojik, qozoq, qirg`iz, turkman kinoijodkorlari tomonidan so`nggi yillarda yaratilgan badiiy, hujjatli va animasion filmlar yurtimiz ekranlarida namoyish qilindi. 

Kinematografiya tarixida hujjatli kino muhim o`rin tutadi. Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi qoshida Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi faoliyat ko`rsatmoqda. Kinofestival doirasida turli mamlakatlarning hujjatli kino ustalari ishtirokida “Hujjatli kino kunlari” ham o`tkazildi. Ular ishtirokida davra suhbatlari, mahorat darslari, turli mamlakatlarda yaratilgan 20 dan ortiq hujjatli filmlar namoyish qilindi. 

Kinematografiyaning eng muhim masalalaridan yana biri yaratilgan kinoasarlarni saqlash va keyingi avlodlarga ham bekamu etkazishdir. Ayni paytga qadar O`zbekiston Milliy kino fondi o`z binosiga ega emasdi. “O`zbekkino” Milliy agentligida etarlicha shariotlar bo`lmagani uchun juda ko`p tarixiy tasmalar O`zbekiston Milliy arxiviga topshirilgan edi. Mazkur san`at anjumani doirasida O`zbekiston kino fondi ham o`zining alohida binosiga ega bo`ldi. Binoning ochilish marosimida ko`pgina mahalliy va xorijiy kinoijodkorlar ishtirok etishdi. 

Turli mamlakatlardan tashrif buyurgan taniqli kino arboblari, kinorejissyorlar va operatorlar, aktyorlar va kinotanqidchilar kinofestival kunlari Yangi O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar bilan yaqindan tanishishdi. 

“Birinchi marta Toshkentga hamkorlikda film ishlaganimizda kelgandim, bir oy davomida bu erda yashaganmiz, ammo mamlakat bilan yaqindan tanishish imkoni bo`lmagan, - deydi hindistonlik kinoaktyor va prodyuser Mitxun Chakraborti. – Toshkentga kelib, hayratimni bekita olmadim. Aeroportning o`zidayoq ulkan o`zgarishlarni ko`rib, xuddiki, o`zimni Evropaga kelib qolgandek his qildim. Albatta juda ham chiroyli, mehrli xalqingiz ham o`zgarishlarga ko`rk beryapti. O`zbekiston va Hindiston o`rtasida azaldan juda yaqin do`stona aloqalar bo`lgan va bugun ham bu aloqalar nafaqat kino va seriallar, balkibarcha sohalarda davom etib kelyapti. Bular meni faqat quvontiradi”. 

“Men dunyoning turli mamlakatlaridagi kinematografistlar qatori mashhur va afsonaviy kinofestivalning qayta tiklangani uchun O`zbekiston Respublikasi rahbariyatidan juda minnatdorman! – deydi amerikalik kinorejissyor Stiven Sigal, kinorejissyor. – Dunyoning ko`plab mamlakatlaridan kelgan taniqli kino namoyandalari ishtirokidagi mazkur kinofestival juda katta miqyosli voqeaga aylanishiga ishonaman! Yangi O`zbekistondagi Toshkent  xalqaro kinofestivali do`stona va ijodiy muloqotlarga boy bo`ladigan maydon sifatida o`zining avvalgi shuhratini yana qayta tiklaydi! Biz birgalikda unutilmas voqealarni guvohi bo`lib, juda mazmunli kunlarni boshimizdan kechiramiz, degan umiddaman. Kinofestivalga taklif etganingizdan minnatdorman!

Turkiyalik hujjatli kino ustasi Huseyn O`zdenning fikricha, “Turkiya va O`zbekiston o`rtasida mushtarak jihatlar juda ko`p. Men Onado`lida, Turkiyada nimani ko`rgan bo`lsam, O`zbekistonda ham shuni topa olaman. Tilimiz,  urf-odatlarimiz, e`tiqodimiz bir. O`zbekistondagi bu galgi tashrifim asnosida juda katta o`zgarishlarga guvoh bo`ldim. Birgina Toshkent xalqaro kinofestivalining qayta tiklanishi ham Yangi O`zbekistonning yutuqlaridan biri deb bemalol aytishi mumkin. 

Kinofestival doirasida Rob Minkoff, Timur Bikmambetov, Jerar Deparde, Stiven Sigal, Lyuk Besson singari o`nlab kino ustalari “O`zbekfilm” pavilonlarida yosh o`zbek kinoijodkorlari uchun mahorat darslarini o`tishdi. Yoshlar kino sohasida o`zlarini qiziqtirgan turli savollarga javoblar olishdi. Xorijlik mashhur kino yulduzlari o`z faoliyatlari bilan bog`liq eng qiziqarli voqealarni, hayotiy tajribalarini so`zlab berishdi. 

Marosimda bir hafta davomida kinofestival doriaisda o`tkazilgan tadbirlar aks ettgan film tomoshabiinlar e`tiboriga havola qilindi. Festivalning tantanali yopilishi marosimi 3 oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Renessans Hall” majmuasida bo`lib o`tdi. 

Shundan so`ng festivalning nufuzli mehmonlari vakillari, hakamlar hay`ati a`zolari chiqib kelishdi. Rossiyalik mashhur kinoprodyuser, xalqaro hakamlar hay`ati a`zosi Timur Bekmambetov Kinofestival ishtirokchilarining O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga yo`llagan murojaatnomasini o`qib eshittirdi. 

Murojaatnomada jumladan shunday deyiladi:

Salkam chorak asrlik tanaffusdan so`ng Sizning tashabbusingiz bilan qayta tiklangan “Ipak yo`li durdonasi” O`n uchinchi Toshkent xalqaro kinofestivali dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan kelgan kinoijodkorlarni birlashtirdi. 

Bir hafta davomida jahon kinosiningso`nggi yillarda yaratilgan sara namunalari O`zbekiston ekranlarida namoyish etildi,   dunyo kinematografiyasida kechayotgan o`zgarishlar xususida fikr almashildi, mahorat darslari tashkil etildi.  Festival pandemiya bois   bir-birini uzoq vaqt ko`rmagan,  sog`ingan insonlarga  diydor baxsh etdi. 

         Bu yirik   kinofestival Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinofestivalining barcha yaxshi an`analarini o`zida aks ettirgani, xalqaro talablar va andozalar asosida, yuksak darajada  o`tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etishimiz lozim. 

Butun dunyoda  yuz berayotgan murakkab jarayonlarga qaramay,  ushbu  kinofestival “Tinchlik, ma`rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o`tkazilgani  ham ramziy ma`noga ega. Bu shior Yangi O`zbekistonning  – kelajakka intilayotgan mamlakatning yangi qiyofasiga to`la  mos keladi”. 

Shundan so`ng, kinofestival ishtirokchilari va g`oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi. 

“Kino besh kunda” tanlovi bo`yicha germaniyalik yon kinoijodkorlar suratga olgan “Qirg`oq” badiiy filmi “Ekologik muammolarning yorqin ifodasi uchun” nominasiyasida g`olib deb topildi. Estoniyalik rejisssyor Nadiya Tushka “Oilaviy qadriyatlar ifodasi uchun” mukofotlandi. “Ma`rifat va taraqqiyot” nominasiyasida  ozarboyjon rejissyor Murod Husainov taqdirlandi. 

Janubiy koreyalik rejissyor Pak Su Min “Takror xotiralar” filmi uchun “Festival kashfiyoti” nominasiyasi bo`yicha g`olib topildi. Hay`at a`zolarining maxsus sovrini o`zbekistonlik Saida`lo Ma`sudxonovning “Ob`ektiv filmi uchun berildi. “Eng yaxshi erkak roli” uchun yana bir hamyurtimiz Tursunboy Pirjonov, “Eng yaxshi ayol roli” uchun ham o`zbekistonlik Madina Mahmudova taqdirlandi.  Nihoyat gran-pri “Ipak yo`lida” filmi uchun hamyurtimiz, yosh rejisssyor Sherzod Nazarovga nasib etdi. 

“Yangi avlod kinosi” tanlovida esa, “eng yaxshi jrkak roli” uchun tojikistonlik Abdukarim Mashrab, “eng yaxshi ayol roli uchun” “Franka” filmi bosh rol ijrochisi Mariya Poddubna loyiq ko`rildi. Mazkur filming rejissyori Dmitriy Semyonov “Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun” mukofotini qo`lga kiritdi. Tojikistonlik Manzarali Sherali tomonidan suragga olingan “Yuk” badiiy filmi tanlovning eng yazshi filmi deb topildi. Mukofotlarni fransiyalik mashhur aktyor Jerar Demaprde, mashhur kinorejissyorlar Lyuk Besson, Timur Bekmambetov, Qozog`iston Respublikasi Madanit vaziri Aqtoti rayimqulova va boshqalar tantanali ravishda topshirishdi. Shundan so`ng delegasiyalar vakillari tomonidan kinofestival bayrog`i tushirildi. 

Taqdirlash marosimidan so`ng maxsus konsert dasturi boshlandi. O`zbekistonlik san`at ustalaridan Jenisbek Piyazov, Ozoda Nursaidova, Ravshan Namozov, Jahongir Poziljonov, jahon estradasi vakillaridan Aleksandr Revva, “Boney M.” guruhi a`zolari va boshqa jamoalar ishtirokidagi kuy-qo`shiqlar namoyish qilindi. 

Rustam Jabborov,

O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi a`zosi

 

    Boshqa yangiliklar