Prezidentning nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
➖ chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko`rsatish ob`ektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining QR-kod yordamida skanerlash orqali ro`yxatdan o`tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika byudjetidan kaytariladi.
Bundan avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo`l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to`lov, shuningdek, to`lov tizimi operatorlari orqali to`lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari mustasno;
➖ sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizasiya qilganlik va xizmatlar ko`rsatganlik, shuningdek, identifikasiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo`llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to`g`risida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, huquqbuzarlardan undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to`lanadi;
➖ to`lov tizimlari operatorlari o`z to`lov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integrasiyalashni ta`minlash talabi o`rnatiladi.






