Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangandagi bankomat 10 ming so`m echib, 50 ming so`m bermoqda” deb nomlangan xabar tarqaldi.
Holatga mutasaddi bo`lgan Hamkorbank rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 27 sentyabr kuni, bankning Namangan mintaqaviy filialiga tegishli 24/7 rejimida o`z‑o`ziga xizmat ko`rsatuvchi ofisda joylashgan bankomatda sodir bo`lgan.
Ushbu xatolik bankomatdagi 10 000 so`mlik va 50 000 so`mlik pul sotish kassetalari almashib qolganligi natijasida yuzaga kelgan. Holat tezkorlik bilan o`sha kunning o`zida xatolik aniqlangandan so`ng 30 daqiqa ichida bartaraf etilgan.






