AsosiyJamiyat

Ayol rahbar bo`lgan kichik korxona va mikrofirmalar sof daromadi 1 yil ichida qariyb 2 trln. so`mga oshgan

'Ayol rahbar bo`lgan kichik korxona va mikrofirmalar sof daromadi 1 yil ichida qariyb 2 trln. so`mga oshgan'ning rasmi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, ayol rahbar bo`lgan kichik korxona va mikrofirmalar sof daromadi 1 yil ichida qariyb 2 trln. so`mga oshgan.

2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 15,7 trln. so`mni tashkil etgan.

 Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2 trln. so`mga oshgan.

Xabarlarga ko`ra, ayol rahbarlar boshqaruvida 36 295 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.

Iqtisodiyot tarmoqlarida esa ularning 5,5 mln. nafari ishlamoqda.

Boshqa yangiliklar