Bugun O`zbekiston hududining katta qismida harorat 17-22° iliq bo`lgan quyoshli va nisbatan iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorolgiya xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, ma`lum qilinishicha, ertaga ko`pchilik viloyatlarda tekis harorat fonida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga Kavkazdan yana sovuq va kuchsiz havo massalari kirib keladi. O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.
6 oktyabr (seshanba) kuni ushbu havo massasi respublikaning markaziy va sharqiy tumanlariga ta`sir etadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Havo massalari Farg`ona vodiysiga o`tishi davrida yomg`irlar jadalligi kuchayadi, ushbu hududda biroz yomg`ir yog`ib o`tadi.
5-6 oktyabrda shimolda va cho`l hududlarining ba`zi joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayayishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari 5-10° iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 13-15° iliqgacha pasayadi.
Chorshanba kuni yomg`ir yog`adi, hududlarning katta qismida kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda va harorat yana 17-20° iliqgacha ko`tariladi. Yomg`ir yog`ish ehtimoli faqat Farg`ona vodiysida va faqat ertalab saqlanib turadi.
Ammo quruq va nisbatan iliq ob-havo uzoq davom etmaydi. 8 oktyabr payshanba kuni respublika hududiga Kaspiy dengizining janubiy qirg`og`idan yana nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.
Ushbu kunlarda havo harorati yana 13-15° iliqgacha pasayadi.
Ayrim kunlarda haroratning ko`tarilishiga qaramay, o`rtacha bu hafta ushbu davr me`yoridan 5-7° ga sovuqroq bo`ladi.






