Ijtimoiy tarmoqlarda “IIB ukamni olib ketdi. Bu adolatsizlik” – fuqaro nega norozi?" sarlavhasi ostida tarqalgan videoxabar tarqaldi. Namangan viloyati IIB mazkur xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Unga asosan,11.06.2019 yilda Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan S.Aliboevni Sh.Inamjanov va boshqalarni xatti-harakatlaridan norozi bo`lib yuborgan arizasi bo`yicha to`plangan hujjatlarga asosan Sh.Inamjanov va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Xususan, B.Raxmonov, M.Inamjanov, Sh.Inamjanov va boshqalar firibgarlik yo`li bilan o`zganing juda ko`p miqdordagi mol-mulkini qo`lga kiritish maqsadida bir guruh bo`lib, “Shodlik” fermer xo`jaligi rahbari S.Aliboevni aldaydi.
Fuqaro Sh.Inamjanovni Rossiya Federasiyasida mavjud bo`lgan fermer xo`jaligida ish yurituvchi bo`lib ishlagani holda, uni RF fuqarosi Qadirqulov Sadiqjon deb tanishtirish orqali, S.Aliboevga Rossiya Federasiyasidan dastlab 500 bosh, bankdan kredit mablag`lari chiqarganidan so`ng 1000 bosh arzon narxlarda naslli qora mol olib kelib berishlarini aytadi.
Uning ishonchiga kirishib, 2018 yil sentyabr-oktyabr oylarida 135.000 AQSh dollarini naqd pul shaklda olib, 2018 yil dekabr va 2019 yil yanvar oylarida bank orqali 538.450 AQSh dollari pul mablag`larini Sh.Inamjanovni RFdagi hisob raqamiga o`tkazish yo`li bilan qo`lga kiritishadi.
S.Aliboevga etkazib berilishi kerak bo`lgan naslli qora mollarni etkazmay, qora mollarni bir qismini o`ziga tegishli bo`lgan “Sultonbek Sabrina bog`lari” fermer xo`jaligiga olib kelib, boshqa fuqarolarga sotib, S.Aliboev tomonidan naslli qora mol olish uchun berilgan pullarni shaxsiy ehtiyojlari yo`lida sarflab yuborganlar.
Sh.Inamjanov (S.Qadirqulov) va boshqalar qora mollarni etkazib bermaganidan so`ng, S.Alibaev harakatlaridan norozi bo`lib, 2019 yilda Uchqo`rg`on tumani IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Jinoyat ishi 15.07.2019 yilda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan ish yurituviga olinib, tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha G.Inamjanovga nisbatan 24.07.2019 yilda O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb e`lon qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
13.08.2019 yilda M.Inamjanov va Sh.Inamjanovlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan sirtdan ayb e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan va qidiruv e`lon qilingan.
Dastlabki tergov davomida aka-uka Inamjanovlar tomonidan aslida S.Aliboevga yuborilishi lozim bo`lgan qora mollarning bir qismi fuqaro B.Raxmonovga jo`natilganligi, shartnomaga ko`ra bank orqali Rossiya Federasiyasidagi Sh.Inamjanov (S.Qadirqulov)ni xisob raqamiga qora mol sotib olish uchun o`tkazib berilgan juda ko`p miqdordagi pullardan 60.000 AQSh dollari B.Raxmonov rahbarlik qilayotgan “Sultonbek Sabrina bog`lari” fermer xo`jaligi xisob raqamiga o`tkazib berilganligi, naqd shaklda berilgan juda ko`p miqdordagi pullarning bir qismi B.Raxmonov tomonidan olinganligi, B.Raxmonov S.Aliboevga berilishi kerak bo`lgan qora mollarni boshqa fuqarolarga ham sotib yuborganligi aniqlangan.
11.10.2019 yilda sirtdan ayblanuvchi va qidiruvda bo`lgan M.Inamjanov, Sh.Inamjanov hamda “Sultonbek Sabrina bog`lari” fermer xo`jaligi rahbari B.Raxmonov va bank mansabdor shaxslariga nisbatan bo`lgan qismi O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan alohida ish yurituviga ajratilib, ayblanuvchi tariqasida jalb qilinishi lozim bo`lgan shaxslar yashiringanligi sababli jinoyat ishi harakatdan to`xtatilgan.
22.10.2019 yilda G`.Inamjanovga nisbatan bo`lgan jinoyat ishi JPKning 381-moddasi talablari asosida ayblov xulosasi bilan tamomlanib, tegishli sudlovga yuborilgan va sud tomonidan G`.Inamjanovga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo chorasi qo`llanilgan.
19.01.2021 yilda Tergov departamenti tomonidan M.Inamjanov, Sh.Inamjanov va boshqalarga nisbatan bo`lgan jinoyat ishi Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha “Sultonbek Sabrina bog`lari” fermer xo`jaligi rahbari B.Raxmonov JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida B.Raxmonov haqiqatda S.Aliboevga tegishli bo`lgan texnikalarni sotishdan tushgan pul mablag`larini olganligi, fermer xo`jaligiga M.Inamjanovlar tomonidan yuborilgan qora mollar kelganligi va B.Raxmonov tomonidan fuqarolarga sotilganligi, qidiruvda bo`lgan Sh.Inamjanov (S.Qadirqulov) S.Aliboevga qora mol etkazib berishi evaziga olgan pullardan bir qismi B.Raxmonovni xisob raqamiga o`tkazib berilganligi va B.Raxmonov tomonidan naqdlashtirib olinganligi, S.Aliboevga kelishuvga ko`ra berilishi shart bo`lgan qora mollar etkazib berilmaganligi B.Raxmonovni o`zini, guvohlar va jabrlanuvchilarning ko`rsatmalari, yuzlashtirish bayonnomalari hamda tergov harakatlari davomida to`plangan hujjatlar bilan tasdiqlanganligi sababli B.Raxmonov O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan.
"Jinoyat ishi bo`yicha hozirda Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, ish bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi",–deyiladi xabarda.






