Namanganda yuk mashinasi 6 yashar bolani urib ketdi.
Bu haqda viloyat IIB xabar berdi
Unga asosan, 2021 yil 29 sentyabr kuni soat 17:00 larda, Namangan shahar Yakkasada MFY hududida, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan fuqaro o`zi ishlovchi MChJga tegishli ISUZU rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`l chetida turgan piyoda, Chortoq tumanida ota-onasi qaramog`ida yashagan, 2015 yilda tug`ilgan bolani urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etadi.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






