Afg`oniston poytaxti Qobul shahrida ro`y bergan portlash oqibatida ikki kishi halok bo`lgan, besh kishi og`ir tan jarohati olgan deb xabar berdi, “Lenta.ru” nashri.
Nashrning ma`lumot berishicha, bugun 11 aprel kuni Qobulning sharqiy qismidagi Bagrami tumanida qo`lbola portlovchi modda yordamida portlash ro`y berdi. Polisiyachilarning so`zlariga qaraganda, portlovchi modda maorif vazirligida ishlovchi xodimlarni olib ketayotgan avtobusga o`rnatilgan. Bu teraktni Afg`oniston hududida harakatda bo`lgan birorta terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olgani yo`q.
So`nggi oylarda Afg`onistonda vaziyat keskinlashgan, mamlakat hududida “Islom davlati” terrorchilik guruhining ta`siri kengaygan. “Islom davlati” terrorchilik guruhi saflariga Afg`onistonda 1994 yilda dunyoga kelgan “Tolibon” islom harakatidan ajrab qolgan odamlar kirgan.
2015 yilning aprel oyida bu ikki guruh bir-biriga qarshi jihod e`lon qilib, “Tolibon”lar “Islom davlati” terrorchilik guruhini qahri qattiqlikda ayblagan edi.





