O`tgan dam olish kunlarini do`stlari va yaqinlari bilan Mitpeking shahridagi qahvaxonalardan birida o`tkazgan Jim Kerri o`zining saxiy inson ekanligini namoyish etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Kechki ovqatni tanovvul qilib bo`lgan aktyorga hisob varag`ini olib kelishadi. U erda aktyorning $151 dollar to`lashi kerakligi haqida yozilgan edi. Biroq aktyor unga qo`shimcha ravishda ofisiant qizga 225 dollar choychaqa bergan.
Jim Kerri ofisiantga katta miqdorda choychaqa bergan birinchi taniqli shaxs emas. Undan avval aktrisa Emi Shumer barmenga 77 dollar o`rniga 1000 dollar to`lagani ma`lum bo`lgan edi.





