Botir Qodirov ijtimoiy tarmoqlarda kechayotgan noqonuniy holat, xususan uning nomidan sahifa ochayotgan shaxslarni qoraladi.
Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
“Ijtimoiy tarmoqlarda va ayniqsa Instagram olamida yo`qligimni bir necha marotaba rasman e`lon qilganimga qaramay nomimdan sahifalar ochib yuritayotganlar bor. Bunday narsalarga judayam bir e`tibor bermayman-u, atrofimdagilar Instagram`da bir meni nomimdan ochilgan soxta sahifa yuzasidan ko`p aytishmoqda. U sahifa soxibi qaerlardandir menga tegishli bo`lgan suratlarni topib qo`yib muxlislar bilan muloqotga xam kirishmoqda ekan. Meni tanishlarim u sahifa egasiga bu noto`g`riligini aytishsa qora ro`yxatga qo`yib muloqotni chegaralab qo`yayotgan ekan. Odamni ruxsatisiz suratga olib qo`yish din taraflama ham va qonun taraflama mumkin emasku. Rahmatli Shayx hazratlariga savol berishgandi, birov sizni suratingizni qo`yib o`ziga sahifa ochgan va unga bu ish noto`g`riligini ta`kidlab, suratni olib tashlashni so`raganimizga ko`nmayapti, shunga nima deysiz, deb savol berishganida hazrat bu ish noto`g`ri ekanligini , odamlarga birovni suratini beruxsat o`ziga qo`yib olish noto`g`ri ekanligini tushuntirish kerakligini aytganlarida bu narsa shariat taraflama xam mumkin emasligini bilgandim. Meni nomimdan avval ham sahifalar ochishgandi, ammo Instagram`da xozir bittasi 2 mingdan oshiq o`quvchilarni yiqqan holda meni nomimdan o`z faoliyatini jiddiy tarzda olib bormoqda ekan. Nimaga kerak bu yolg`on va gunoh narsa?”,—deydi xonanda.





