Xonanda Munisa Rizaeva Instagram ijtimoiy tarmog`ida ancha faol san`atkorlardan biri. U deyarli har qadamini suratga olib, uni muxlislari bilan bo`lishadi.
Yaqindagina u jarrohlik amaliyotini o`tkazgani sabab, shifoxonada ekanligini bildirib, surat joylashtirgani haqida xabar bergan edik.
Kecha xonanda “Toj” guruhi yakkaxoni Tojivoy Shukurovning xonadonida mehmon bo`lganini bildirib, taklif uchun hamkasbiga minnatdorchilik bildirib, surat joyladi.
“Taklif uchun katta rahmat, Tojivoy aka! Mne blo bezumno priyatno!!! Spasibo za priglashenie”, deya izohladi xonanda suratni.
Suratni muxlislardan biri:

“Shu san`atkorlarga rus tilida gapirish ‘moda’mi yoki o`zbek tilini bilmaysizlarmi rostanam..” deya izohladi.
Mazkur izoh Munisani jig`ibiyron qildi. Buni xonandaning muxlisga javobidan bilish qiyin emas:
“Siz o`zbek bo`la turib, Rossiyada nima qilib yuribsiz? Sizga nima qaysi tilda gaplashyapman? Xohlaganimni qilaman. Tushuntira oldimmi?”





