Tojikiston va Afg`oniston chegarasidagi 6,8 magnitudali zilzilani Pokiston hamda Hindiston shimolida ham his etishdi
Pokistonda zilzila magnitudasi pastroq - 4,5 bo`lsada bu erda 6 kishi halok bo`ldi, 40 kishi jabrlandi, deb yozadi Euronews nashri.
Zilzila dastavval Afg`onistonning Xindikushida qayd etildi. Zilzila o`chog`i 211 kilometr chuqurlikda joylashgan. Ushbu mamlakatda qurbonlar borligi haqida ma`lumotlar kelib tushmadi.
Er osti silkinishlari Hindiston hududida ham qayd etildi, u erning ba`zi hududlarida zilzila 5 daqiqa davom etdi. Xavfsizlik maqsadida poytaxt metrosida harakat vaqtincha to`xtatib qo`yildi.
Zilzila O`zbekiston va Sinszyan-Uyg`ur avtonomnom okrugida ham sezildi.





