Aktyor Ulug`bek Qodirov to`ylarda qo`shiq aytishni boshladi.
Bu haqda “Bekajon” gazetasiga asoslanib, “Daryo” nashri xabar bermoqda.
“Uning ‘Yomg`ir’ nomli qo`shig`i internet saytlari orqali premera qilinib, ommaga taqdim etilganidan ko`pchilik xabardor. Endi Qodirov to`ylarda qo`shiq aytishni boshladi”, —deb yozadi gazeta.
Gazeta xabarida qayd etilishicha, Qodirovning Toshkentdagi to`yxonalardan birida qo`shiq kuylayotgani tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqalgan.





