Xonanda Ulug`bek Rahmatullaev o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga jamoat transporti, xususan metroda tushgan suratlarini tez-tez joylashtiradi.
“7x7” gazetasi xonandaning jamoat transportidan qanchalik muntazam ravishda foydalanishi bilan qiziqdi.
“Imkon tug`ilganda, albatta metroga tushaman. O`g`lim Fayzulloh menga hamroh bo`lyapti. Ochig`i metroda yurishni juda yaxshi ko`raman. Mashinam bo`lmagan paytlarda o`qish, turli yumushlarga faqat metroda qatnardim”,—deydi xonanda.
Gazeta muxbirining “Nega metroda yurganingizda ko`zoynak va yuzni to`sib turuvchi kepka kiymaysiz?” degan savoliga xonanda:
“Kimdan yashirinaman? O`z muxlislarim va hamyurtlarimdanmi? Buning nima keragi bor? San`atkor hamma qatori inson. Yulduzlik kasalidan himoyalanish uchun ham xalq orasida oddiy inson bo`lib yuraman”,—deya javob berdi.





