Evropa chempionlar ligasi chorak final dastlabki o`yinida “Barselona” o`z maydonida “Atletiko” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi. Mazkur o`yinda kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
O`yinning 25 daqiqasida Fernando Torres hisobni ochgan bo`lsa, 10 daqiqadan so`ng u qizil kartochka bilan “taqdirlandi” va maydonni tark etdi. Ikkinchi bo`limda “Barselona” bir kishi kam bo`lib qolgan “Atletiko” darvozasiga ikkita gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. 63 va 74 daqiqalarda Luis Suares dubl muallifi bo`ldi.
Barselona – Atletiko 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 25 Torres, 1:1 – 63 Suares, 2:1 – 74 Suares.
Barselona – ter Stegen, Dani Alves, Pike, Maskerano, Alba, Rakitich (Rafinya, 63), Buskets (Serdji Roberto, 80), Inesta (Turan, 83), Messi, Suares, Neymar.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Godin, Filipe Luis, Saul (Korrea, 90), Gabi, Koke, Grizmann (Tomas, 76), Torres, Ferreyra Karrasko (Fernandes, 53).
Ogohlantirishlar: Torres (29), Koke (33), Buskets (48), Filipe Luis (61), Suares (70), Grizmann (73), Lyuka Ernandes (78), Oblak (79), Maskerano (82), Fernandes (86).
Chetlatish: Torres (35).





