Instagramdagi san`atkorlarning sahifalarida kechadan bir sana haqida ko`p suratlar joylanyapti. Avvaliga O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning sahifasida barcha san`atkorlar qo`llarida “5” raqamini ko`rsatib, suratga tushib “5 iyunda” deya izoh qoldirishgandi.
Bugun esa san`atkorlar ushbu sanada “5 iyun Xonandalar kunini nishonlaymiz” degan izohlarni qoldirmoqda.
Mazkur sana haqida “O`zbeknavodan” aniqlashtirganimizda, ular bu haqida ma`lumot yo`qligini, ehtimol san`atkorlar o`z tashabbuslari bilan nimadir tashkillashtirayotganligini aytishdi.






