AsosiySport

Ronaldino o`z faoliyatini Peruning ikkinchi divizionida davom ettiradi

Braziliya terma jamoasi va “Barselona” klubi sobiq hujumkor yarim himoyachisi Ronaldino faoliyatini Peruning ikkinchi divizion vakili “Sensiano” klubida davom ettiradi. Bu haqda klubning “Feysbuk”dagi rasmiy sahifasida ma`lum qilingan. 

Mashhur 36 yoshli futbolchi iyun oyida qo`shilib, bir nechta o`yinda maydonga tushadi. 

Avvalroq futbolchining akasi va agenti hisoblangan Roberto Assis Ronaldinoning o`z faoliyatini MLS yoki Xitoy Superligasida davom ettirishi mumkinligini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar