Xonanda Lola Yo`ldosheva “Darakchi” tahririyatida mehmon bo`lib, “Onlayn-Yulduz” loyihasida ishtirok etganidan xabaringiz bor. Xonanda bir soat mobaynida muxlislarini qiziqtirgan ko`plab savollarga javob berdi.
Jumladan “Qaynonangiz uchun qanday kelin bo`lgansiz, janjallar ham bo`lib turganmi?” degan savolga Lola:
“Qaynonam bilan o`z tushunchamizda bir-birimizga yaxshi qaynona-kelin bo`ldik”,—deya javob berdi.
Muxlislardan biri xonandaga “Oilangizni saqlab qolishga harakat qildingizmi?”degan savolga u:
“Oilada tuyg`ular bo`lsagina, uning uchun kurashish kerak”, deya javob qaytardi.





