Gongkonglik kashfiyotchi Gollivud aktrisasi Skarlett Yoxansonga ikki tomchi suvdek o`xshash robotni yaratdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda. Mazkur loyiha uchun ixtirochi bir yarim yil vaqt va 50 ming dollar sarfladi.
Mashina detallarining 70 foizi 3D-printerida chop etilgan. "Mark 1" nomli gumanoid ovoz yordamida boshqariladi.
Robot oyoq va qo`llarini qimirlata oladi, boshini buradi va hatto so`zlasha oladi. Robot ko`rinishidagi Yoxanson sun`iy intellekt va mimikaga ham ega. Ixtirochining aytishicha, u robotni maksimal darajada insonga o`xshatishga harakat qilgan.





