AsosiyDunyo

2025 yilga kelib er yuzi aholisining 20 foizi ortiqcha vazndan aziyat chekadi

Er yuzi aholisining 20 foizi 2025 yilga kelib, ortiqcha vazndan aziyat chekadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Olimlar siyosatchilarni semirish epidemiyasi rivojlanishining oldini olish uchun tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishga chaqirdi. Shifokorlarning tadqiqotlari The Lancet jurnalida e`lon qilindi.

Olimlarning aniqlashicha, 1975 yildan boshlab har 10 yilda insonning o`rtacha tana massasi 1,5 kilogramga ortib bormoqda. Agarda bu tendensiya shu tariqa davom etgudek bo`lsa, 2025 yilga kelib er yuzidagi erkaklarning 18 foizi, ayollarning 21 foizi ortiqcha vazndan aziyat chekadi. Ularning 6 va 9 foizi esa semizlikning o`ta og`ir turiga chalinishadi.

Ortiqcha vazndan aziyat chekuvchilarning eng yirik qismi Xitoyda istiqomat qiladi. Xususan, bu mamlakatda 43,2 million nafar erkak va 46,4 million nafar ayollar ortiqacha vazn bilan ro`yxatga olingan. Shuningdek, Irlandiya, Kipr va Maltada ham “do`mboqlar” talaygina. Ortiqcha vazndan nisbatan kam aziyat chekadigan mamlakatlar esa—Markaziy va Sharqiy Afrika hamda Janubiy Osiyo mamlakatlari.

    Boshqa yangiliklar