Xonanda Rayhon G`anieva o`zbek tilida kuylasa-da, uning davlat tilida gapirganini deyarli eshitmaymiz. Xo`sh, nega bu xonanda “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist” bo`la turib, o`zbek tilida gapirmaydi.
“Sayyod” saytiga bergan intervyusida xonanda mazkur savolga javob berdi.
“Avvalambor, til o`rganadigan yoshda emasman. Mening yoshimda til o`rganish juda murakkab. Men bog`cha, maktab va universitetning ham rus tilidagi guruhiga borganman. Do`stlarim, tanishlarimning deyarli barchasi rus tilida gaplashishadi. Men o`zbek tilida gapirmasam ham tushunaman. Bu kamchilikni to`ldirish uchun bir vaqtlar o`zbek tili repititoriga ham borganman. Uyimda hammaning o`zbek tilida gapirishini talab qilganman. Ammo men bundan qiynaldim va asabiylashdim. Farzandlarim hozir o`zbek tilida gapiradi, balki ularga qo`shilib o`zbek tilini o`rganib ketarman”.





