Pokistonning Lahor shahrida yuz bergan terakt oqibatida 69 kishi halok bo`ldi, ulardan 23 nafari bolalar. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, terakt oqibatida 300 kishi, xususan 56 nafar bola turli darajadagi tan jarohati olgan. Shahar tibbiyot muassasalarida kasallar ko`pligidan joy etmay qolmoqda. Yaralanganlarning aksariyati erda, polda yotibdi. Ularga tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.
Hudkush-terrorchi madaniyat va istirohat bog`iga kirishda, bolalar o`ynaydigan hudud yaqinida o`zini portlatib yuborgan. Terrorchi qurbonlar soni ko`proq bo`lishiga erishish maqsadida aynan mazkur hududni tanlagani aytilmoqda. Polisiyachilarning ma`lum qilishicha, terrorchida sakkiz kilogramdan 10 kilogramgacha og`irlikda portlovchi moslamalar bo`lgan.
Huquq-tartibot organlari xodimlari halok bo`lgan hudkushning yonidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni topgan. Hujjatga ko`ra, u 1988 yilning 1 yanvarida Panjob provinsiyasining Muzaffargarx shahrida tug`ilgan.
Hozirda polisiyachilar u yashagan manzildan 15 kishini, xususan ikki aka-ukalarni qo`lga olgan.
Terakt javobgarligini “Tolibon” terrorchilik guruhiga aloqador “Jamaat-ul Ahror” guruhi o`z zimmasiga olgan.





