O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazida “E-Maktab” yangi axborot tizimi yaratildi.
Bu tizim o`quvchi-yoshlarning bo`sh vaqtini oqilona tashkil etish, ijodiy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish va rivojlantirishga ko`maklashadi. Musiqa va san`at, bolalar va o`smirlar sport maktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoringini olib borish imkonini beradi.
Amaliyotga joriy etilgan mazkur tizim “E-MAKTAB” yagona axborot ta`lim makoni bazasi (www.e-maktab.uz)ga joylashtirildi. Dasturga ma`lumotlarni kiritish jarayoni davom etmoqda. Ushbu tizim orqali barcha maktabdan tashqari ta`lim muassasalari faoliyati bilan bog`liq ma`lumotlarni jamlash va tegishli joyga uzatish imkoniyati ham paydo bo`ladi.
“E-Maktab” bazasidan foydalanish juda qulay. Buning uchun kompyuter texnikasini mukammal bilish shart emas. Tizimga ma`lumotlarning to`g`ri, o`z vaqtida kiritilib borilishi musiqa va san`at, bolalar va o`smirlar sport maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlarining o`z mas`ulligini qanchalik his etishiga bog`liq.
Foydalanuvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lishi mumkin:
— ma`lumotni qisqa muddatda olish;
— 50dan ortiq parametr bo`yicha ma`lumot qidirish;
—axborot joylashishini dinamik ravishda dasturlarga eksport qilish;
— ma`lumotlarni arxiv(Excel)ga o`tkazish yoki savat(korzina)ga tashlash;
— statistikadan boxabar bo`lish.
Mazkur tizim – www.e-maktab.uzdan foydalanuvchilar 50 ortiq parametr bo`yicha ma`lumotlar qidirishi, ularni qisqa muddatda olishi, maktabdan tashqari ta`limga oid yangiliklardan xabardor bo`lib borishi mumkin.





