AsosiySport

“Manchester Yunayted” Zlatan Ibragimovich uchun 30 mln evro sarflashga tayyor

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “PSJ” hujumchisi Zlatan Ibragimovichni sotib olishga harakat qiladi,  deb xabar bermoqda Star Sport nashri.  

Manbaning ta`kidlashicha, mankunianliklar 34 yoshli shvesiyalik futbolchini qo`lga kiritish uchun 24 mln funt (qariyb 30 mln evro) to`lashga tayyor. Agar Zlatan “MYu”ga o`tishga rozilik bersa uning haftalik maoshi 250 ming funt (316 ming evro)ni tashkil qiladi. 

Kelishuv amalga oshsa, Zlatan Ibraimovich “Orzular Tearti”da eng ko`p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Ayni damda Ueyn Runi (300 ming evro) klubda barchadan ko`p maosh oladi. 

Shvesiyalik 34 yoshli hujumchiga Londonning bir yo`la ikki klubi – “Chelsi” va “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda.

    Boshqa yangiliklar