Ilk bor Bahrom Nazarovning “Shukrona” deb nomlangan konsert dasturida jarang sochgan “Ostona hatlab” deb nomlangan qo`shig`iga video ketma-ketlik suratga olindi.
Mazkur tarona Nazarovning ovoz imkoniyatlarini yana bir karra ochib bergan, qo`shiq umidli oshiq tilidan o`z sevgan yoriga muhabbatini tarannum qiladi.
“Ostona hatlab” qo`shig`ining so`zi Mirzo Kenja qalamiga mansub bo`lib, musiqasi esa Nodir Umarov tomonidan yaratilgan.
Klip g`oyasi Oybek Aliev hamda Farhod Badalovga tegishli. Ushbu klipdagi voqeaga yondosh hodisa xonanda Bahrom Nazarovning ham hayotida bo`lib o`tgan edi. Bu haqida xonandaning o`zi ilk konsert dasturida aytib bergandi.
Xonandani yana bir video ketma-ketlik bilan tabriklaymiz. Marhamat uni tomosha qilib tugal bahoni o`zingiz bering.





