“Bolaligimni o`zgacha hayajon va entikish bilan eslayman. Farg`onada dunyoga kelgan bo`lsam-da, bolaligim Moskva shahrida o`tdi. Otam falsafa fanlari doktori, onam esa rus tili o`qituvchisi edi. Rostini aytsam bolaligimda qo`ng`ir soch va lo`ppigina yonoqlarimdan uyalardim”, – deya hikoya qiladi Shahzoda “7X7” gazetasining “Sirli maktub” loyihasida .
“To`qqiz yoshimgacha oilamiz Moskvada yashadi, undan so`ng hammamiz Toshkentga ko`chib kelganmiz. Bolaligimdan musiqaga juda qiziqardim. Vokal darslariga borish, qo`shiq aytish jonu dilim edi. Shu bilan birga rus tili, adabiyot kabi fanlarga qiziqardim. Matematika, algebrani esa umuman xushlamasdim. Yaqinlarim ilm bilan shug`ullanishimni istashgandi. Biroq men san`atni tanladim. O`ylaymanki, ichki hissiyotlarim meni aldamadi. San`at menga kerak, men ham o`zbek san`ati uchun kerakli xonanda bo`lishga astoydil intilyapman”





