AsosiyJamiyat

O`zbekistonda to`rtta yangi logistika markazi tashkil etiladi

Mamlakatimizda meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, saqlash, birlamchi ishlov berish, eksportga tayyorlash va transportirovka qilish ishlarini kompleks bajarish maqsadida joriy yilda to`rtta logistika markazi tashkil etiladi. Andijon, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bu boradagi ishlar boshlab yuborildi. 

Milliy matbuot markazida “O`zulgurjisavdoinvest” uyushmasi tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda batafsil ma`lumot berildi. 

“O`zulgurjisavdoinvest” uyushmasi raisi o`rinbosari Ravshan Hamidbekovning ma`lum qilishicha, logistika markazlarida servis va huquqiy xizmatlar yo`lga qo`yiladi. Eksport uchun kerakli bo`lgan barcha hujjatlar shu erda tayyorlanadi. Bu markazlar tarkibida qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar faoliyat yuritadi.

    Boshqa yangiliklar