Bosh prokuraturaning rasmiy sayti yangi talqinda taqdim etildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Gulnoza Rahimova veb-saytning yangi talqiniga kiritilgan yangiliklar haqida so`zlab berdi.
Ta`kidlanganidek, Bosh prokuraturaning yangi internet-vakilligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytiga qo`yiladigan asosiy talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Sayt axborot uzatishning mantiqiy tuzilishiga, jozibali grafika va rangli dizaynga ega, shuningdek, prokuratura organlari faoliyati haqidagi zarur materiallar bilan to`ldirilgan.
Saytda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qo`shimcha qulayliklar taqdim etuvchi funksiyalar ham o`rin egallagan.
Qo`shimcha o`zgartirishlar bilan umumiy navigasiya, asosiy menyu ham qamrab olingan. Sayt ustida ishlash davomida yangi modullar ishlab chiqilgan, mavjudlari yaxlit holatga keltirilgan.
Resursda hududiy prokuraturalar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining sahifalari ham taqdim qilingan bo`lib, foydalanuvchilarning qulayligi uchun ular bitta blokka birlashtirildi.
«Interaktiv xizmatlar» blokiga kiruvchilar uchun nafaqat Bosh prokuraturada, balki viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda fuqarolarni qabul qilish jadvallari bilan, shuningdek, qabulni tashkillashtirishga mas`ul bo`lgan xodimlar bilan bog`lanishga oid ma`lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, «Murojaat yuborish» internet-qabulxonasi orqali har qanday fuqaro yoki yuridik shaxs qonun buzilishlari haqida ariza, shikoyat, murojaat yuborishi mumkin.
Shuningdek, sayt bepul huquqiy maslahat olish imkoniyatini beradi.
Bosh prokuraturaning yangilangan internet-vakilligi tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.





