«Istiqlol» saroyida Shuhrat Qayumovning yakkaxon konsert dasturiga start berildi.
Xonandaning yaqinda betob bo`lganligiga qaramay, dastur to`liq jonli ijroda bo`lib o`tdi. Kasalligi sezilib ora–sira yo`talsa ham xonanda konsertni qoilmaqom tarzda o`tkazdi. Munojotdan tortib, uyg`urcha qo`shiqqacha turli mavzularda kuyladi.
Vafot etgan suxandonlar hotirasiga kuylangan taronaga qarsaklar yog`ildi. Ona mavzusi Shuhrat Qayumovnmng «fishkasi» ekani yana bir bor bilindi. “Ona sizsiz qiynalib qoldim”ga yig`lamagan tomoshabin qolmadi. Xonanda bu safar otalar uchun ham alohida qo`shiq tayyorladi.
Olqishlarga ko`milgan qo`shiklardan yana biri erkaklar tilidan aytilgan, sochi oqarayotgan ayollarga bag`ishlangan tarona bo`ldi.
Yuqoridagilardan tashqari uning retroga aylangan “O`tgan kunlar” mavzusi doirasidagi xit qo`shiklari ham dasturga o`zgacha kayfiyat bag`ishladi.
Ayrim qo`shiqlarga sahnalashtirilgan teatrlashtirilgan tomoshalar muxlislarni zeriktirmadi. Ajralish ostonasidagi oilani tiklashga bag`ishlangan tarona va sahna ko`rinishiga tomoshabin tik turib qarsak chaldi.
“Toshkent zebolari” raqqosalari ham xonandaning taronalariga munosib tarzda jiddiy raqslarni postanovka qilishgani dasturga zeb berdi.
Konsert dasturi davomida Umida Mirhamidova yig`ilganlarga katta sirni oshkor qildi. “Oq atirgullar” taronasini aytib bo`lgach, ushbu qo`shiq aynan Shuhrat Qayumov uchun kuylanganini aytdi. Shuhrat Qayumov ham unga javob tariqasida shu nomli taronani kuyladi.
Xullas mazmunli qo`shiqlarga yo`g`rilgan konsert dasturi chiroyli o`tdi.
Yodgorbek Yuksal Darakchi.uz uchun maxsus tayyorladi





