Britaniyalik xonanda Adel Belgiya poytaxti Bryussel shahrida yuz bergan teraktlar oqibatida halok bo`lganlarning xotirasiga bag`ishlab, qo`shiq kuyladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Adel London shahridagi konsert dasturida Bob Dilanning Make You Feel My Love qo`shig`ini kuylab, uni terakt qurbonlariga bag`ishladi.
Mazkur konsertda ishtirok etgan tomoshabinlardan biri xonandaning chiqishini videotasvirga muhrladi.
Ma`lum bo`lishicha,tomoshabinlar xonandani telefon chiroqlarini yoqib, qo`llab-quvvatlab turgan.
“Men hech qaysi shou-dasturimda bunchalik ta`sirlanmagan edim. Bugungi konsert ajoyib bo`ldi. O`ylaymanki,ular(Bryussel terakti qurbonlari) bizni eshitdi”,—dedi Adel.





