Xonanda Lola “Darakchi” gazetasining “Onlayn-yulduz” loyihasida mehmon bo`lib, saytimiz orqali muxlislarning ko`plab savollariga javob berdi.
Xususan, xonanda o`zi va hamkasbi Dj Piligrim o`rtasida qanday munosabat borligi haqidagi savolga javob berar ekan:
“Biz u bilan duet ijro etganimizdan so`ng turli mish-mishlar, g`iybatlar paydo bo`ldi. Biroq bu so`zlarim kimnidir xafa qilishi yoki aksincha xursand qilishi ham mumkin: Bizning o`rtamizda do`stlik va hamkorlikdan boshqa hech narsa yo`q, bo`lmagan ham. Dj Piligrim va men hamkasblarmiz, xolos. U mening yaqin do`stim, bundan tashqari aksariyat qo`shiqlarimni u yozib bergan. Dj Piligrim menga ijod borasida ko`p narsani o`rgatgan. Uning maslahatlari, tavsiyalari asosida ko`p narsa o`rgandim”.





