AsosiyShou-biznes

Umida Mirhamidova va Shuhrat Qayumov “Oq atirgullar”ni yangi talqinda kuyladi

Xonanda Shuhrat Qayumov konsert dasturida Umida Mirhamidovaning “Oq atirgullar” qo`shig`ini yangi talqinda kuylaydi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda

Aksariyat tinglovchilarga manzur bo`lgan va hamon tinglanadigan “Oq atirgullar” taronasi ikki xonanda ijrosida savol-javob ko`rinishida bo`lishi kutilmoqda. 

“Mumtoz qo`shiqlarni juda yaxshi ko`raman, shu bilan birgalikda zamonaviy estrada qo`shiqlarni ham tinglayman. ‘Oq atirgullar’ qo`shig`ini juda yaxshi ko`rardim. Har doim Umidaxon bu qo`shiqni kimga aytgan ekanlar, deb ularga boshqa odamlar juda ko`p bergan savolni men ham o`zimga o`zim berardim. Hozir oilaviy mojarolarni eshitsangiz, yigit tomon o`zicha haq, qiz tomonning ham o`zini oqlaydigan sabablari bor. Xuddi shunday bu qo`shiqni oshiq yigit tilidan bevafo qizga qarata aytilgan. Ya`ni, ‘seni o`zing bevafolik qilding, men sen uchun haligacha oq atirgullarni o`stiraman’. Oradan yigirma yillar o`tgan bo`lsa-da, sen uchun ochiladi sen sevgan atirgullar, deya javob qo`shiq tayyorlaganmiz. Bu haqida, shunday qo`shiq kuylash haqida anchadan buyon o`zim o`ylab yurar edim”,—deydi xonanda.

Ma`lumot uchun, yangi taronaning musiqasi “Oq atirgullar” qo`shig`ining musiqasi, so`zini esa shoira Hilola Ibrohimova yozgan.

    Boshqa yangiliklar