AsosiyDunyo

Xalqaro aviasiya qo`mitasi Dubay Boingi qora qutisi natijalari bir oydan keyin e`lon qilinadi

Xalqaro aviasiya qo`mitasi boshlig`i o`rinbosari Sergey Zaykoning ma`lumot berishicha, bir oydan so`ng Rostov-Donda halokatga uchragan Boeing samolyoti qora qutisining dastlabki natijasi e`lon qilinadi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

Uning ta`kidlashicha, barcha halokat sabablari bir oy mobaynida o`rganiladi, ammo bu yakuniy xulosa bo`lmay, aniq faktga asoslangan xabar bo`ladi. Ilgari Xalqaro aviasiya qo`mitasi halokatga uchragan samolyotning ovoz yozuvchi uskunasi yaroqsiz holga kelib qolgani, uni ta`mirlash ishlari ketayotgani haqida xabar bergan edi. 

Parametrik o`zi yozuvchi uskunadagi ma`lumotlarga esa zarar etmagan.

    Boshqa yangiliklar