AsosiyDunyo

Rossiyada kuchli shamol besh qavatli uyning tomini uchirib ketdi

Uyning tomini kuchli shamol qog`ozni uchirganday uchirib yubordi, deb xabar berdi “news.bigmir.net” nashri.

Rossiyaning Krasnoyar o`lkasidagi Dudinka shahrida aholi yashovchi besh qavatli uyning tomini kuchli shamol uchirib ketdi, deb ma`lumot berdi Krasnoyar o`lkasi Favqulodda vaziyatlar Boshqarmasi. Qutqaruvchilar halok bo`lganlar va tan jarohati olganlar haqida hozircha ma`lumot bermagan. Halokat oqibatlarini bartaraf etish uchun 10 nafar qutqaruvchi va 3 ta texnika yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar