O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Rostov-Donda Boeing 737-800 yo`lovchi samolyoti halokati munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maktubda halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya bildirilib, samimiy hamdardlik izhor etilgan.
Eslatib o`tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo`nish vaqtida halokatga uchradi.





