AsosiyShou-biznes

Manzura: Shaxnozabonuning janozasiga estrada olamidan hech kim bormadi

Xonanda Manzura Shahnozabonuning janozasidan hamkasblaridan ranjib qaytganini ma`lum qildi.

  Manzura:

—Instagram`da "Opajonim"lab uni o`limi bilan keng ommani "tabriklagan"lar birontasi janozaga kelmadi. Faqatgina Davron Kabulovni ko`rdim, raxmat unga. Shu yigitdan sal xafa edim ammo shu kuni hurmatim oshdi. Men, Iroda Dilroz va radioboshlovchi Shirin G`ofurovalar bor edik. Mayli  davlat tadbiri bilan banddir desang shu kuni davlat tadbiri yo`q edi, to`y desang xam xozir u darajada to`y mavsumi emas. Biron joyi og`rib qolgandir desang, naxotki hammasinikini yoppasiga birdan aynan shu kuni og`rib qolgan bo`lsa?! (jaxli chiqadi)

Estradadagi hammasi aynan shu kuni betob bo`lib, gastrolda va yoki tadbirda bo`lmagandir?! O`zimcha ming hijolat bilan kech bordim shekilli, deb, hozir hamma o`sha erda, deb borsam...estrada olamidan hech kim yo`q! Dutorchilardan bor deyishdi. Uni "gap"chilarichi qayda qoldi? 2-3 kun o`tib  Mavluda opa Umida opani olib borganini eshitdim. Ammo qolganlar qani? Shuncha odam Instagram`da qo`yganini ko`rdim,  shulardan qani endi birontasi kelgan bo`lsa.      Bilasizmi...bir reytingi baland xonandani onasi o`lganida hammasi o`sha erda edi. Mashhur bo`lsang shu o`limga ham "pont" uchun hamma borar ekan. Yaxshiyam o`sha xonandani o`zi o`lmabdi, onasi o`libdi. Umri uzoq bo`lsin o`zini, baxtli bo`lsin, iymonda bo`lsin. Shunchaki fakt sifatida taqqoslash uchun ham bir misolda bu, lekin Shahnozabonu sog`lig`i tufaylidir yo puli yo`qmidi, mayli endi yo`li shunaqa ekan biroz vaqt san`atda ko`rinmay qolganiga birontasi so`nggi manziliga kuzatgani bormadiya. Hammasi xo`jako`rsinga Instagram`da “tabriklagani” qoldi. Odamlarga yaxshi ko`ringanida bu. Lekin yurakdan munosabat yo`q! Qolmagan! Mana shu eng daxshatlisi, shu uchunam bu mavzuni ko`tarishlaringizni istayman.  Nima uchun bunaqa bemexr bo`lib ketishyapti?

Instagram`ga qo`yguncha borib jamoa bilan so`nggi manzilga kuzat, omin qilib yuborsang o`zinggayam Shahnozagayam savob yozilar. Urf-odatlarimizku. Biz artistlarni xammasi faqat "pont"da, o`zga brendlarni kiyib olib reklama qilamiz, ertalabdan kechgacha qaerda ovqatlanayotganimizni ko`rsatamiz va kimnidir tug`ilgan kuni hamda o`limi bilan tabriklash bilan kifoyalanamiz xolos!

Eslatib o`tamiz, xonanda Shahnozabonu 14 mart kuni 42 yoshida vafot etdi. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ra`no Yarasheva Shahnozabonuni xotirlar ekan, uning “o`limni ham mardonavor qabul qilgani”ni aytib o`tdi. Keyinroq, marhuma eng so`nggi qo`shig`ini onasiga bag`ishlab ijro etgani ammo uni muxlislar e`tiboriga havola etishga ulgurmagani ma`lum bo`ldi.

  

  
 

    Boshqa yangiliklar