Anonymous xakerlik harakati Donalda Trampga qarshi urush e`lon qildi, asosiy hujum 1 aprelga belgilandi.
Harakati Donald Trampning saylovoldi kampaniyasini buzilishi mumkinligi bilan tahdid qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. Ular milliarderga qarshi ommaviy urush e`lon qilishgan. Ular bu haqda YouTube kanalida joylashtirgan roliklarida aytib o`tishgan.
Trampga qarshi ilgari ham kiberhujum e`lon qilingan edi, bu safar xakerlar katta talofat etkazilishi haqida ogohlantirgan. Ular misol tariqasida ijtimoiiy tarmoqqa Trampning telefon raqamini va sug`urta guvohnomasini qo`yishgan.
Xakerlar asosiy hujumni 1 aprelga belgilashgan, ular Trampning nafaqat prezidentlikka nomzodlik to`g`risidagi rasmiy saytiga, balki uning barcha biznes-strukturaga tegishli saytlariga ham talafot etkazishlari haqida aytishgan.





