Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Napoli” hujumchisi Gonsalo Iguainga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Joze Mourino “qizil iblislar” bosh murabbiyiga aylansa, u argentinalik tajribali hujumchini jamoaga olib keladi. Qayd etish kerakki, Iguain “Real”da Mourino bilan birga ishlagan. Avvalroq argentinalikka “Chelsi” katta qiziqish bildirgandi.
28 yoshli futbolchining neapolliklar bilan shartnomasi 2018 yilga qadar mo`ljallangan. Joriy mavsumda Iguain 36 o`yinda maydonga tushib, 29 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.





