Bundan ikki yil muqaddam Rojdestvo bayramidan bir necha kun oldin braziyalik model Paola Antoninining hayoti bir umrga, keskin o`zgarib ketdi. Sayr vaqtida uni mashina urib yuboradi va oqibatda shifokorlar bir oyog`ini kesib tashlashga majbur bo`lishadi. Boshiga tushgan falokat Paolaning irodasini sindira olmadi, u dunyoga inson har qanday qiyinchilikni enga olish xususiyatiga ega ekanligini isbotlab berdi.

Biz kundalik arzimas mayda-chuyda omadsizliklardan shikoyat qilamiz. Ishdagi, shaxsiy hayotimizdagi ko`ngilsizliklardan kayfiyatimiz tushib, takrorlanmas lahzalardan unumli foydalanishni, shu bugungi kun uchun taqdirga minnatdorchilik bildirishni unutib qo`yamiz. Paolaning instagram sahifasiga qo`yilgan suratlari uning hayotidan mamnunligini aks ettirib turibdi.

Paola raqs, fitnes, sport bilan shug`ullanadi, sayohatlarga chiqadi.

Oyog`i yo`qligiga qaramay, bu jasur qiz moddellik kasbini davom ettirmoqda, u teleshoularda faol ishtirok etadi, yirik moda firmalari bilan shartnomalar imzolagan.

Bundan tashqari Paola modalar namoyishi s`yomkalarida ham qatnashib keladi, uning o`z shaxsiy blogi va YouTube`da shaxsiy kanali bor. Paola imkoniyati cheklangan insonlar bilan uchrashib, ularni yashashga undaydi. O`ziga nisbatan ishonch uyg`otishda katta yordam beradi.






