17-19 mart kunlari “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan Samarqand viloyatida “O`zbek milliy kinosan`ati kunlari” festivali o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Festival O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan o`tkazilmoqda.
Festival doirasida 18 mart kuni davlat buyurtmasiga asosan suratga olingan “Xazonrezgi” badiiy filmining taqdimoti o`tkazilishi ko`zda tutilgan.
Shu bilan birga, Samarqandlik kinoixlosmandlar uchun 2015 yilda ishlab chiqarilgan “Baron”, “Ajal jodusi”, “Barakasini bersin”, “Balli, Kamoliddin”, “Dilor, Dilor, dil va or” badiiy filmlari hamda “So`zana”, “Orziqib kutilgan mo``jiza”, “Ayol qalbidagi musiqa”, “Samarqand – boqiy qo`shiq” nomli hujjatli filmlarning namoyishlari tashkil etiladi.
Festivalda O`zbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, Mirza Azizov, Xayrulla Sa`diev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ra`no Yarasheva, Lola Eltoeva, hamda Dilorom Egamberdieva kabi bir qator taniqli va yosh kinoijodkorlar ishtirok etadi.





