Rossiyalik taniqli shoir Sergey Eseninning o`g`li Aleksandr Esenin-Volpin 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Aleksandrning o`limi haqidagi xabarni OAVga uning do`stlari etkazgan. O`lim sabablari oshkor qilinmagan.
Esenin-Volpin — matematik, faylasuf, va shoir sifatida nom qozongan. U 1924 yil 12 may kuni Leningrad shahrida tavallud topgan. Uning onasi Nadejda Volpin shoira va tarjimon sifatida ishlagan. Sergey Esenin va Nadejdaning munosabatlari uzoqqa bormaydi.
Aleksandr 1972 yilda AQShga ko`chib ketgan.





