2016 yilning 16-22 mart kunlari Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti mutaxassislari tomonidan Farg`ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi bemor bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.
2016 yil 16-17 mart kunlari Farg`ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri bemor bolalari, 18-20 mart kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlari bemor bolalarini tibbiy ko`rikdan o`tkazish rejalashtirilgan.
16-17 mart kunlari tibbiy ko`rik “Sog`lom avlod uchun” Fondining tibbiy-ijtimoiy Markazi (Yunusobod tumani Sh.Rashidov ko`chasi 94a-uy), 18 mart kuni Jizzax shahri viloyat ko`ptarmoqli bolalar tibbiy markazida, 19 mart kuni Qarshi shahri viloyat ko`ptarmoqli bolalar tibbiy markazida, 20 mart kuni Samarqand shahri viloyat ko`ptarmoqli bolalar tibbiy markazida o`tadi. Tibbiy ko`rik natijalariga ko`ra eng og`ir deb topilgan bemor bolalar joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish uchun 6 oydan 3 yilgacha bo`lgan vaqtga jo`natiladi.
“Sog`lom avlod uchun” fondi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti 2002 yilda uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan. “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo`lgan bemor va nogiron bolalarni davolash va reabilitasiya qilish bilan shug`ullanadi.
Ma`lumot o`rnida aytib o`tish joizki 2015 yilning 18-25 iyun kunlari Germaniyalik mutaxassislar tomonidan respublikamiz hududlaridagi jami 505 nafarga yaqin bemor bolalar tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, 35 nafar bemor bolalarning hujjatlari tanlab olinib, Germaniya klinikalarida sog`lomlashtirilmoqda.
Shuningdek, joriy yilning 17 fevral kuni esa Toshkent xalqaro aeroportidan 11 nafar bemor bolalar Germaniya klinikalarida davolanish uchun jo`nab ketishib, o`tgan yillar davomida Germaniyaga davolanish uchun jo`natilgan 13 nafar bemor bolalar davolanish kurslarini o`tab,
21 fevral kuni sog`lomlashtirilib yurtimizga qaytishdi.





