Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi EChL nimchorak final javob o`yinida Kievning “Dinamo” klubiga qarshi bahs olib bordi. Anchagina qiziqarli o`tgan bellashuvda hisob ochilmadi – 0:0.
Dastlabki o`yinda “shaharliklar” 3:1 hisobida g`alaba qozongani uchun ular chorak final yo`llanmasiga ega bo`ldi. Qayd etish kerakki, “Manchester Siti” o`z tarixida ilk bor ushbu musobaqa chorak finaliga chiqdi.
“Manchester Siti” – “Dinamo” Kiev – 0:0
“Manchester Siti”: Xart, Kompani (Mangalya, 7), Klishi, Sabaleta, Otamendi (Demichelis, 24), Fernando, Fernandino, Ture, Navas, Silva (Sterling, 1), Aguero.
“Dinamo” Kiev: Shovkovskiy, Xacheridi, Antunesh, Vida, Dragovich, Garmash (Sidorchuk, 64), Velozu, Buyalskiy, Yarmolenko, Gusev (Yakovenko, 62), Teodorchik (Gonsales, 46).
Ogohlantirishlar: Otamendi - Antunesh, Garmash
Dastlabki uchrashuv – 3:1.





