Toshkent shahridagi oltita tumanda navbatma-navbat bahorgi mavsumiy issiq suvni to`xtatish ishlari boshlanadi.
Joriy yilning 4 aprelidan 14 mayiga qadar Toshkentning oltita tumanida navbatma-navbat issiq suv o`chiriladi. 4 aprelda birinchi bo`lib, Amir Temur shohko`chasi, Osiyo, Bog`ishamol, Bodomzor yo`li, Kichik xalqa yo`li, Mingo`rik va bir qator ko`chalarga issiq suv berish to`xtatiladi.
“Toshissiqlikquvvati” tashkiloti poytaxtimiz tumanlarida qaysi kunlari issiq suv o`chirilishi rejalashtirilgan ro`yxatni e`lon qildi. Issiq suv profilaktika ishlarini olib borish uchun 5 kunga o`chiriladi. To`liq ro`yxat bilan “Toshissiqlikquvvati” tashkilotining saytida tanishishingiz mumkin. Chilonzor, Do`mbirobod, Sharq va Guliston massivlarida issiq suvni o`chirish 10-14 may kunlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
TOShKENTDA ISSIQ SUV VA MARKAZIY ISITISh TIZIMI TARIFLARI OShADIhttps://t.co/THdqlkABpz pic.twitter.com/4UmcrrCLIA
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 15 marta 2016 g.





